Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xorazm viloyatidagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar o'tkazildi.


Tadbirlar doirasida, mahallalarda, ta'lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo'lib o'tgan uchrashuv va davra suhbatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, norasmiy bandlik, qonuniy ish bilan band bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, tadbirlarda, odam savdosi, majburiy mehnat, firibgarlik jinoyati, kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari hamda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Tadbirlarda “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartiblari va xizmatlar haqida ma’lumotlar berilib, aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan 500 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi

 Shuningdek, tadbirlarda tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik asoslari to‘g‘risida hamda O'zbekiston Respublikasining 25.02.2025-yildagi O'RQ-1037-son qonuni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash nufuzi va jozibadorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 134-son Qarori mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


Hududlarda jami 8 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 254 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 155 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 16 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi.