Янгиликлар
22
Adliya xabari
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi va barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan mahallalarda, ta’lim muassasalarida va mehnat jamoalarida nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda nikoh shartnomasi — oiladagi moliyaviy va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim hujjat ekanligi, bunday hujjat ajralish, nizolar, mulk talashuvi kabi salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi hamda uni tuzish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida”gi PF-33-son Farmoniga muvofiq yoshlarning oʻz hayot yoʻlini ongli ravishda belgilashiga koʻmaklashish, shuningdek, nikoh shartnomasi tuzilishini ragʻbatlantirish maqsadida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirlarda Adliya vazirligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ishga tushirilgan “Adliya plus” mobil ilovasining imkoniyatlari va afzalliklari haqida ham ma’lumotlar berildi.