Янгиликлар
21
Xiva tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi o`quvchi yoshlari ishtirokida yosh xotin-qizlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xiva tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi o`quvchi yoshlari ishtirokida yosh xotin-qizlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv davomida, yoshlarning qiziqishlari, takliflari tinglandi, ularga ta’lim olish jarayonida yaratilgan imkoniyatlar, qonunchilikda belgilangan huquqlari va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlarning tashabbuslari, orzu-maqsadlari va kelajak rejalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, yoshlarni ta’lim olish jarayonlarini qo`llab-quvvatlash, kundalik hayotda uchrayotgan huquqiy muammolarini hal etilishiga xizmat qiladi.