Янгиликлар
18
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi xodimlari Samarqandda sayohatda bo‘ldilar
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshqarma va uning tizimidagi xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ish unumdorligini oshirish va xodimlarga maroqli dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ichki turizm doirasida Samarqand viloyatiga sayohat uyushtirdi.
Sayohat davomida jamoa “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandning tarixiy qadamjolari, me’moriy obidalari va diqqatga sazovor maskanlari, muqaddas Imom Buxoriy majmuasi, Hazrati Xizr va Shohi Zinda majmualarini ziyorat qilib, jahon tamaddunining nodir namunasi hisoblangan muhtasham Registon maydoni bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur sayohat xodimlar uchun nafaqat ma’naviy hordiq, balki jamoaviy birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshishiga xizmat qildi.