Янгиликлар
15
15-may – Xalqaro oila kuni
Oila – jamiyatning tayanchi, inson kamoloti boshlanadigan muqaddas dargohdir. Mustahkam oilalar esa yurt barqarorligi va jamiyat farovonligining muhim omili hisoblanadi.
Xiva tumanida istiqomat qilayotgan fuqarolar D.Xudayberganov va K.Tairovalarning 27 yillik oilaviy hayoti bugun yana bir muhim voqea bilan mustahkamlandi. Ularning nikohi Xiva tuman FHDY bo‘limi tomonidan qonuniy qayd etilib, aynan 15-may – Xalqaro oila kunida ularga nikoh guvohnomalari topshirildi.
Mazkur nikohning qonuniy rasmiylashtirilgani oilaning huquqiy kafolatlarini ta’minlash, er-xotin va farzandlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oilaviy munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.