Янгиликлар
14
Urganch tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabi o`quvchi yoshlari ishtirokida yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
“Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Urganch tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabi o`quvchi yoshlari ishtirokida yosh ixtirochilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv davomida, yoshlar uchun shart-sharoitlar, ular tomonidan yaratilayotgan buyumlar, ixtirolar modellari, robotlar bilan yaqindan tanishilib, ularga ixtirolarni qonuniy himoya qilish, mualliflik huquqini ro`yxatdan o`tkazish va patent olish jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yoshlar tomonidan o`zlari yasagan modellar, robotlar, EHEM dasturlar orqali yaratilgan uskunalar bilan tanishtirishda va amalda ishlash tartiblarini ko`rgazmali shaklda tushuntirishdi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, yoshlar o`rtasida ixtirolar kaysh etish mahoratlarini namoyon etish va ro`yobga chiqarish hamda bu sohada yetuk kadr bo`lib yetishib chiqishiga xizmat qiladi.