Янгиликлар
13
Adliya xabari
Bugungi kunda joylardagi Davlat xizmatlari markazlarida, xususan, Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi Davlat xizmalari markazi huzurida Xotin-qizlar maslahat guruhi faoliyati yo'lga qo'yilgan.
Ushbu maslahat guruhi eksperti Z.Yusupova tomonidan xotin-qizlar, yoshlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda amaliy yordam va huquqiy maslahatlar berib kelinmoqda.
Xususan fuqarolarga:
davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berish ishlari;
xotin-qizlar, yoshlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlaridan elektron foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mahallalarda tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari;
Davlat xizmatlaridan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish burchaklari (jumladan, interaktiv kiosklardan) orqali foydalanish istagidagi shaxslarga ko‘maklashish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur faoliyat fuqarolarga yanada qulay va samarali xizmat ko‘rsatishga ko'maklashishi bilan ahamiyatlidir.