Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Xorazmda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi


 Xorazmda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Urganch shahrida “Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati va davlat idoralari hamkorligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Ombudsman instituti, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ilmiy jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda huquq himoyachilari ishtirok etdi.

Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili aholi, ayniqsa chekka hududlarda yashovchi fuqarolar uchun huquqiy tushuntirishlar, amaliy maslahatlar va davlat organlari bilan ochiq muloqot maydonlariga ehtiyoj yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, aholining huquqiy xabardorligini oshirish, fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi va ulardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.


Davra suhbatida huquqiy madaniyatni yuksaltirishda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.