Янгиликлар
08
Adliya aralashuvi bilan fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro I.K.ning asossiz ishdan chetlashtirilganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, “Xorazm Trolleybus saroyi” davlat muassasasida ishlovchi murojaat muallifi 2024-yilning 20-dekabridan 2025-yilning 17-apreligacha hamda 2025-yilning 19-iyulidan 2026-yil yanvar oyigacha ish beruvchining aybi bilan ish bilan ta’minlanmagan.
Ushbu holat yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Xorazm Trolleybus saroyi” davlat muassasasiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi va mazkur taqdimnomaga asosan fuqaroga 10 929 800 so‘m ish haqi to‘lovlari to‘lab berildi hamda fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.