Янгиликлар
29
Xorazm viloyatidagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar o'tkazildi.
Tadbirlar doirasida, mahallalarda, ta'lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo'lib o'tgan uchrashuv va davra suhbatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, norasmiy bandlik, qonuniy ish bilan band bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, tadbirlarda, odam savdosi, majburiy mehnat, firibgarlik jinoyati, kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari hamda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirlarda “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartiblari va xizmatlar haqida ma’lumotlar berilib, aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan 300 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi
Shuningdek, tadbirlarda tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik asoslari to‘g‘risida hamda O'zbekiston Respublikasining 25.02.2025-yildagi O'RQ-1037-son qonuni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Hududlarda jami 11 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 324 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 124 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 18 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi.