Янгиликлар
28
Fuqaroga tegishli turar joy obyektiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berildi
Shovot tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro B.Dning davlat kadastrlar palatasi tuman filiali tomonidan uning turar joyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha arizasi rad etilib kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
Aniqlanishicha, fuqaro B.Dning turar-joy obyektlarining kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasidagi murojaati Shovot tuman Davlat xizmatlari markazi orqali vakolatli organ – Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Shovot tuman filialiga kelib tushgan.
Biroq vakolatli organ tomonidan fuqaroning murojaati asossiz ravishda rad etilgan.
Qonunbuzilish holati yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Shovot tuman filialiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.
Mazkur taqdimnomaga asosan fuqaroga tegishli bo‘lgan turar-joy obyektining kadastr pasporti shakllantirildi hamda ularga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.