Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya xabari


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.

O‘quv jarayonida viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazilib, O'zbekiston Respublikasining 25.02.2025-yildagi O'RQ-1037-son qonuni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi" va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.