Янгиликлар
23
Payshanba - “Yoshlar kuni”
Payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Shovot tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabi o`quvchi yoshlari ishtirokida yo`l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbir bo`lib o`tdi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i N.Jumanyozov tomonidan yo`l harakati qoidalari, yo`l transport belgilari, Transportlar harakati ko`rgazmali maketlar va uskunalar bilan jixozlangan o`quv xonasiga tashirif buyurilib, mavzu doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazildi.
Shuningdek, yo`l harakati qoidalariga rioya qilinmaslikning og`ir ayanchli oqibatlari haqida aytilib, mavzuga oid bo`lgan videorolik namoyish etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning yo`l harakati qoidalari borasida huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yo`l harakati ishtirokchilarini hurmat qilish hissini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.