Янгиликлар
21
Xorazm viloyatida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 13 ta tuman (shahar)lardan jami 30 nafardan ortiq huquq fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar test, blits savol-javob va taqdimot shartlari asosida o'z mahoratlarini namoyish etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar:
1-oʻrin – Polvonov Murodjon Otajonovich (Urganch tumani 14-sonli maktab o‘qituvchisi);
2-oʻrin – Mavlanov Farhod O‘ktamovich (Urganch tumani 5-sonli maktab o‘qituvchisi);
3-oʻrin – Qurbonova Sevara Sodiq qizi (Urganch shahri 4-sonli maktab o‘qituvchisi).
Ushbu ishtirokchilarga tanlovning keyingi bosqichida ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Ma’lumot uchun, tanlovning Respublika bosqichi may oyida bo‘lib o‘tadi.