Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Adliya xabari


 “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida Xiva tumanidagi “UTG-Training” o‘quv markazida kengaytirilgan tarzda seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminar davomida:

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy usullari bo'yicha ma'lumotlar berildi hamda  amaliy tajribalar bilan o'rtoqlashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.