Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Payshanba - “Yoshlar kuni”


Payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati Xonqa tuman adliya bo`limida Xonqa tuman 1-sonli politexnikumida tahsil olayotgan o`quvchilari, tarbiyasi og`ir yoshlar bilan norasmiy sharoitda qahva ustida ochiq muloqot o`tkazdi.

Shuningdek, yoshlar ishtirokida Xonqa tuman adliya bo`limida interaktiv ekskursiya tashkil etilib, adliya bo`limi, davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko`rsatish markazi va FHDY bo`limi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi hamda davlat xizmatlaridan foydalanish, Lex.uz – milliy ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo`yicha yaqindan tushuntirishlar berilib, amaliy ko`rinishda namoyish etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.