Янгиликлар
15
Adliya xabari
Erta nikoh va erta tug‘ruqning oldini olishdagi muhim qadam.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–33-sonli “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi 33-sonli Farmoni bilan jamiyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, xotin-qizlarga qarshi tazyiq va zo`ravonlikni oldini olish, erta nikoh va erta tug`ruq holatlarini oldini olish yuzasidan muhim mexanizmlar yaratildi.
Xorazm viloyatida mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar bo`lib o`tdi.
Tadbirda, Farmon ijrosini ta’minlash bo’yicha Respublika ishchi guruhi, viloyat adliya boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi huzuridagi doimiy faoliyat yurituvchi viloyat ishchi-guruhi a’zolari va boshqa mas’ul tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Seminar davomida Farmonning asosiy mazmun-mohiyati, jamiyatda ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishda idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tomonidan ayollar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda profilaktik ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman (shahar)lar markazlari hamda chekka hududlarda bo`lib o`tmoqda.