Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Bir qaror — bir umr


Erta nikoh ortidagi sukut va ajrimlarning achchiq haqiqatlari

Ba’zan hayotdagi eng katta xatolar shoshilgan qarorlar ortida yashirinadi. Ayniqsa, bu qaror oila qurish bilan bog‘liq bo‘lsa, uning ta’siri bir inson emas, butun jamiyat hayotiga yoyiladi. Erta nikoh ham ana shunday qarorlardan biri boshida baxtdek ko‘rinadi, ammo ko‘pincha sinovga aylanadi.

Statistikaga qarasak, 2025-yilda O‘zbekistonda 267 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan bo‘lsa, ajrimlar soni 46,9 mingtaga yetgan. Bu degani, deyarli har beshinchi oila mustahkam saqlanib qolmayapti.

Bu raqamlar ortida oddiy statistik ma’lumot emas, balki minglab buzilgan taqdirlar turibdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ajralishlarning qariyb 28 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida kuzatiladi. Bu esa erta nikohning oqibatlari qanchalik og‘ir ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Yosh yuraklar tez yonadi. Hissiyotlar kuchli, orzular baland bo‘ladi. Ammo hayot faqat his-tuyg‘ulardan iborat emas. Mas’uliyat, sabr va o‘zaro tushunish bo‘lmasa, oila qanday mustahkam bo‘lishi mumkin? Erta qurilgan nikohlar aynan shu tayyorgarlik yetishmasligi sabab sinovdan chekinadi.

Dastlab kichik tushunmovchilik sifatida boshlangan muammolar vaqt o‘tishi bilan kattalashadi. Moliyaviy qiyinchiliklar, qarindoshlar aralashuvi, hayotga turlicha qarashlar — bularning barchasi yosh oilani yemira boshlaydi. Va oxir-oqibat, ajrim — eng og‘ir yakun sifatida namoyon bo‘ladi.

Ajrim faqat ikki insonning ajralishi emas. Bu — sindirilgan orzular, tugallanmay qolgan hayot rejalari va eng achinarlisi, bolalarning tirik yetim qolishidir. Shu sababli bu muammoga befarq qarash mumkin emas. Mustahkam oila tasodifan qurilmaydi. U sabr, tushunish va ongli qarorlar ustiga barpo etiladi.

Matrasulova Manzura

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

Amaliyotchi