Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Yoshlar kuni doirasida Xorazm viloyatida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi


Xususan, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati Urganch shahridagi 5-maktabda tahsil olayotgan “Huquq sinfi” o‘quvchilari hamda Xorazm viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan birgalikda Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda “Buyuk Amir Temur” tarixiy-badiiy filmini tomosha qildilar.

Tadbir avvalida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Nodir Jumanyozov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘z nutqida yoshlarni bugungi globallashuv davrida mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli va huquqiy madaniyatga ega shaxslar sifatida shakllanishi dolzarb ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Buyuk ajdodlarimiz, xususan Amir Temur siymosida mujassam bo‘lgan jasorat, adolatparvarlik va yuksak vatanparvarlik fazilatlari bugungi yosh avlod uchun beqiyos ibrat ekani qayd etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.