Янгиликлар
06
Naqdsiz hisob-kitoblar — iqtisodiy barqarorlik omili
Xorazm viloyati adliya boshqarmasida viloyatda faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish amaliyoti muhokama qilindi.
Ma’lumki, joriy yilning 1-aprelidan ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda mazkur yo‘nalishda yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli taklif va fikr-mulohazalar tinglandi.
Notariuslarga mazkur tizimni amaliyotga to‘liq va sifatli joriy etish, fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek notariuslar faoliyatida korrupsiyaning oldini olish masalalariga alohida e'tibor qaratilib, qonun talablariga qat'iy rioya etilishi zarurligi ta'kidlandi.