Янгиликлар
03
Ustama to‘lovlari undirib berildi
Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.R va U.Dlarning tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab, 2024- 2025-yillar va 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida qo‘shimcha ustama haqlari to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib, ustama pullarini undirishilishida amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son Qarori hamda 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama haqlari, jumladan 2024-yilning may, iyun, avgust, dekabr oylari, 2025-yil davomida va 2026-yilning yanvar, fevral, mart oylari mobaynida fuqaro U.Dga 25 423 904 so‘m hamda Sh.Rga 36 542 183 so‘m miqdoridagi ustama haqlari tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan to‘lanmasdan kelinganligi aniqlangan.
Yuqoridagi qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida tegishli tartibda tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, ushbu taqdimnomaga asosan fuqaro Sh.Rga 36 542 183 so‘m va U.Dga 25 423 904 so‘m ustama to‘lovlari to‘lanishi ta’minlandi.