Янгиликлар
02
Eng yaxshi huquq öqituvchisi
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Xorazm viloyatidagi barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan joriy yilning mart oyi davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi.
Ishtirokchilar test, blits savol-javob va taqdimot shartlari asosida o'z mahoratlarini namoyish etdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan tanlov natijalariga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar hamda tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar.
Ma’lumot uchun, tanlovning hududiy bosqichi joriy yilning aprel oyida, respublika bosqichi may oyida bo‘lib o‘tadi.