Янгиликлар
01
Naqdsiz hisob-kitoblar — yashirin iqtisodiyotni oldini olishda muhim qadam!
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi belgilangan. Endilikda ushbu jarayonlar notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali tezkor va ishonchli tarzda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xorazm viloyatida mazkur tizimni samarali joriy etish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ullari tomonidan viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda hamda Davlat xizmatlari markazlarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilmoqda.
E’tiborlisi, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi, xavfsiz va qulayligi aholi tomonidan ijobiy baholanmoqda.
Naqdsiz hisob-kitob – nafaqat qulaylik, balki shaffoflik va xavfsizlik garovi.