Янгиликлар
18
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi xodimlari Toshkent viloyatida sayohatda bo‘lishdi
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshqarma va uning tizimidagi xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ish unumdorligini oshirish va xodimlarga maroqli dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ichki turizm doirasida Toshkent viloyatiga sayohat uyushtirdi.
Ushbu sayohat aynan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilib, unda boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar hamda faxriy ayollar ishtirok etdi. Tadbir xodimlarni e’zozlash, ularning mehnatini qadrlash va ularga dam olishda maroqli lahzalar ulashish bilan birga, jamoada samimiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Xodimlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” dam olish maskanida bo‘lib, betakror tabiat manzaralaridan bahramand bo‘ldilar. Maskanda tashkil etilgan turli bayram dasturlari, madaniy chiqishlar, jamoaviy o‘yinlar va tanlovlar esa ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bu tashabbus xodimlarga yangi kuch va ilhom bag‘ishlab, ularni ishga yanada ishtiyoq bilan qaytishga undadi hamda boshqarma jamoasining do‘stona muhitini yanada mustahkamladi.