Янгиликлар
17
Navro‘z bayrami arafasida notariuslar va ularning ota-onalari e’tirof etildi
Xorazm viloyati adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan notariuslar va ularning ota-onalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda notariat sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, vazifa va topshiriqlarni samarali bajarishda faol qatnashayotgan, jumladan onlayn notarial harakatlarni rasmiylashtirishda yuqori natijalarga erishayotgan bir guruh notariuslar e’tirof etilib, ularga Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, farzandlarini halollik, mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislarni kamolga yetkazganlari uchun bir guruh notariuslarning ota-onalariga O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisining tashakkurnomalari topshirildi.
Tadbirda ota-onalar farzandlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va hurmat uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.