Янгиликлар
16
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi va barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari ham ishtirok etib, ushbu ezgu ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Tadbir davomida tuman (shahar) adliya bo‘limlari binolari atrofi obodonlashtirilib, hududlarga mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, jamoaviy hamjihatlik ruhida binolar hududi va xizmat xonalari tozalanib, tartibga keltirildi.
Hashar nafaqat obodonlashtirish, balki jamoa bilan vaqtni mazmunli o‘tkazish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan ezgu an’anadir.