Янгиликлар
13
Payshanba - “Yoshlar kuni”
Payshanba - “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Nodir Jumanyazov ishtirokida Urganch davlat universitetida yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirlar davomida yoshlarga amaldagi qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan muhim tashabbuslar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, taklif va mulohazalarini bildirdilar.