Янгиликлар
11
Xorazm viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2025-yil davomida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.
Yig‘ilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash, huquqiy axborotni tarqatish va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi.
Xususan, tizimda har bir boshqaruv xodimi kesimida faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlarining (KPI) belgilanganligi sababli bir qator yo‘nalishlarda ijobiy natijalar qayd etildi. Xususan:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lgan va yer munosabatlariga oid 528 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 385 tasiga rasmiy rozilik berildi;
Hisobot davrida boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan jami 3 660 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib, shundan 2 713 tasi (74 foizi) qanoatlantirildi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan 35 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foiz oshdi.
O‘tkazilgan 1799 ta o‘rganish va monitoring tadbirlari natijasida 89 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish maqsadida tegishli mansabdor shaxslar nomiga 921 ta taqdimnoma, 1031 ta ogohnoma kiritildi va 275 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi;
Aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha sudlarga va boshqa vakolatli organlarga kiritilgan 834 ta ma’muriy bayonnomalar va takliflar asosida 830 nafar shaxslarning ma’muriy javobgarlik masalasi hal etildi.
Mansabdor shaxslarning 9301 ta noqonuniy qarorlari bekor qilinishi yoki ijrosi to‘xtatilishi ta’minlandi;
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hisobot davrida 1 million 100 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Xizmatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26 foiz oshdi.
Davlat organlari va tashkilotlarga kiritilgan ta’sir choralar va sudlarga kiritilgan da’vo arizalar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga 15 mlrd so‘mdan ortiq miqdorida pul mablag‘lari undirib berildi;
Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida 2025-yil davomida ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida davlat idoralarining 654 mingdan ortiq hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning manfaatini ko‘zlab sudgacha hal etish yuzasidan jami 158 ta talabnomalar va sudlarga jami 72 ta da’vo arizalar kiritilishi ta’minlandi.
Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 05.01.2026-yildagi PQ-1-son qarorida adliya organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, shuningdek, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida huquqiy targ‘ibot va boshqa zarur chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, maishiy korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Hay’at majlisi yakunlari bo‘yicha kelgusida adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.