Янгиликлар
07
Yoshlar kuni
Payshanba - “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasi va barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari rahbariyati tomonidan mahallalarda, maktab va texnikumlarda yoshlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida yoshlarga amaldagi qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan muhim tashabbuslar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, taklif va mulohazalarini bildirdilar.