Янгиликлар
06
Adliya xabari
Bosh prokurorning birinchi o’rinbosari B.Valiev rahbarligidagi Respublika muvofiqlashtiruvchi shtabi tomonidan Prezidentning 05.01.2026 yildagi PQ-1 va PQ-2 - sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyatida o’rganishlar o`tkazildi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch shahrining nizoli oilalar salmog’i yuqori bo’lgan “Yuqori bog’” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti muhokama qilinib, viloyat adliya tizimiga biriktirilgan 13 ta mahallaning har biriga professional mediator, notarius va advokatlar jalb etilgani, oilalardagi nizolarni hal etish, mediativ kelishuvlar tuzish va birlamchi bepul yuridik yordam ko’rsatish tashkil etilgani e’tirof etildi.
Shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi viktimologik profilaktikani kuchaytirish va mas’ullarning sayyor qabullarini jadallashtirish yuzasidan mas’ul idoralarning rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.