Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

“Mehnat bilan o‘tgan yillar – eng katta boylikdir.”


Sizning fidokorona xizmatlaringiz doimo hurmat bilan eslanadi.

Adliya tizimida sidqidildan halol mehnat qilib, umrini jamiyat ravnaqi va qonun ustuvorligini ta’minlashga bag‘ishlagan fidoyi xodimlar doimo e’tibor va ehtiromga munosib.

Ro‘zmetov Bahrom Soliyevich hamda  Panoyeva Rajabbibi Otaboyevna ana shunday fidoyi va zahmatkash xodimlardandir.

So‘nggi yillarda Yangiariq tumani FHDY bo‘limi mudiri lavozimida samarali mehnat qilib kelgan R.Panoyeva  hamda Hazorasp tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi B.Ro‘zmetov nafaqaga chiqishlari munosabati bilan adliya boshqarmasida tantanali kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tantanali tadbirda boshqarma boshlig‘i N.Jumanyozov Adliya vazirligi tizimida shakllangan qadriyatlar har bir xodim faoliyatining mezoni ekani, adliya organlarida “ustoz-shogird” an’analari izchil davom etayotganini alohida ta’kidladi. Aynan shunday tajribali va fidoyi ustozlarning boy hayotiy tajribasi va kasbiy saboqlari yosh xodimlar uchun haqiqiy ibrat maktabi ekanini qayd etib, ularning ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnatini e’tirof etdi hamda chuqur minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida boshqarma tizimidagi xodimlar so‘zga chiqib, B.Ro‘zmetov hamda R.Panoyevalarning sud-huquq sohasidagi ko‘p yillik halol mehnati, fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatishdagi mas’uliyati va jonbozliklari haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirib, ezgu tilaklarini izhor etdilar.