Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Korrupsiyaga qarshi kurashish


 O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi “Respublikа mаhаllаlаridа xаvfsiz muhitni yarаtish yo’nаlishidа yaxlit mаnzilli ishlаsh tizimini joriy etishgа qаrаtilgаn qo‘shimchа chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning belgilari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari, kibermadaniyatni yuksaltirish va kibergigiyenani shakllantirish, firibgarlikdan himoyalanish, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar (“1xBet”, “Mostbet”, “Linebet”, “Moliyaviy piramida”) va ularning huquqiy oqibatlari, javobgarlik masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi ijtimoiy rolik talaba-yoshlar e’tiboriga taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.