Янгиликлар
18
Fuqaroga tegishli noturar joy obyektiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berildi
“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida Gurlan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Sh. ning davlat kadastrlar palatasi tuman filiali tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha bir necha marotaba murojaat qilganligi, biroq uning arizasi filial tomonidan rad etilib kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
Aniqlanishicha, fuqaro M.Sh.ning noturar obyektlarning kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasidagi murojaati Gurlan tuman Davlat xizmatlari markazi orqali vakolatli organ - Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Gurlan tuman filialiga kelib tushgan.
Biroq vakolatli organ tomonidan fuqaro M.Sh. ning murojaatlari 3 marotaba asossiz rad etilgan.
Qonunbuzilish holati yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Gurlan tuman filialiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, mazkur taqdimnomaga asosan fuqaroga tegishli bo‘lgan noturar obyektning kadastr pasporti shakllantirildi hamda ularga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.