Янгиликлар
17
Xorazm viloyatida “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida hududlarda uchrashuv va sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabullar davomida fuqarolarning mulk huquqlari bilan bog‘liq huquqiy muammolari o‘rganilib, asosiy e’tibor ularni joyida hal etishga qaratildi hamda o‘rganilishi talab etilayotgan holatlar bo‘yicha jami 155 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.
Tadbirlarda fuqarolarga mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillari haqida batafsil ma’lumotlar berildi va mulk huquqlariga oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlar, kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan 300 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.
“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Huquqiy aksiya joriy yilning 22-fevraliga qadar davom etadi.