Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya aralashuvi bilan fuqaro murojaati ijobiy yechim topdi


Yangibozor tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.I. ning tuman tibbiyot birlashmasida 29 yil davomida ishlagan davrda foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘langan kompensatsiya to‘lovlari kam berilganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqaro M.I. ga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 233- va 234-moddalariga asosan hisoblanmagani va kam to‘langani aniqlandi. 

Yuqoridagi qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida tegishli tartibda tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritilib, mazkur taqdimnomaga asosan fuqaro M.I. ga jami 101 394 758 so‘m  foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.