Янгиликлар
13
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi “Respublikа mаhаllаlаridа xаvfsiz muhitni yarаtish yo’nаlishidа yaxlit mаnzilli ishlаsh tizimini joriy etishgа qаrаtilgаn qo‘shimchа chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning belgilari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari, kibermadaniyatni yuksaltirish va kibergigiyenani shakllantirish, firibgarlikdan himoyalanish, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar (“1xBet”, “Mostbet”, “Linebet”, “Moliyaviy piramida”) va ularning huquqiy oqibatlari, javobgarlik masalalari hamda “Huquq maktabi” mobil ilovasining afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi ijtimoiy rolik hamda “Huquq maktabi” mobil ilovasining afzalliklari haqidagi video talaba-yoshlar e’tiboriga taqdim etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.