Янгиликлар
12
Sayyor qabul
Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi “Respublikа mаhаllаlаridа xаvfsiz muhitni yarаtish yo’nаlishidа yaxlit mаnzilli ishlаsh tizimini joriy etishgа qаrаtilgаn qo‘shimchа chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Nizoli oilalar salmog`i yuqori bo`lgan mahallalarda sayyor qabul bo`lib o`tdi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i N.Jumanyozov tomonidan Urganch shaharidagi “Yuqoribog`”da - 17 ta, Shovot tumanidagi “Archazor”da - 15 ta, Yangibozor tumanidagi “Qadriyat” - 16 ta, Urganch tumanidagi “Turkmanlar” mahallalarida - 18 ta Nizoli oilalar mahalla yettiligi xodimlari ishtirokida o`rganildi.
O`rganish yakunlari bo`yicha, mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda mavjud nizolarni atroflicha o`rganish, mavjud nizolarni Mediatsiya yo`li bilan hal etish choralarini ko`rish hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.