Янгиликлар
06
Ijtimoiy profilaktika haftaligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Xorazm viloyatidagi mahallalarda “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” o‘tkazildi.
Haftalik doirasida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, mahallalarda jami 15 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 517 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 137 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 16 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 21 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, tadbirlarda qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar va kafolatlarni tushuntirishga qaratilgan 300 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.