Янгиликлар
04
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida "Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning belgilari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari,
Kibermadaniyatni yuksaltirish va kibergigiyenani shakllantirish, firibgarlikdan himoyalanish, Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar (“1xBet”, “Mostbet”, “Linebet”, “Moliyaviy piramida”) va ularning huquqiy oqibatlari, javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.