Янгиликлар
30
Sayyor qabul
“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xiva shahar, Urganch va Yangibozor tumanlarida sayyor qabullar hamda “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar davomida aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish borasida “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Sayyor qabullarda, fuqarolar kundalik hayotida uchrayotgan turli ijtimoiy, huquqiy masalalari - ko‘chmas mulk, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida, soliq imtiyozlari, sud-huquq masalalariga oid, uy-joy, bandlik, moddiy yordam masalalari yuzasidan murojaat qilishdi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi, oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida fuqarolarga mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib taomillari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.