Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xorazm viloyati adliya boshqarmasida malakali psixolog ishtirokida adliya xodimlarida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashga qaratilgan mini-trening bo‘lib o‘tdi


Tadbirda  “O‘zbekiston sport faxriysi”, “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi”, “O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport a’lochisi”, “Mahalla iftixori”, “Fidoyi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari sohibi, parhezshunos Aminboy Yusupov ishtirok etib, uning “Qarilikni kechiktirish va yosharish sirlari” nomli kitobi taqdim etildi.

Uchrashuv davomida A.Yusupov sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati, xizmat vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajarishda salomatlikning o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, muallif kitobning mazmun-mohiyati, uzoq umr ko‘rish sirlari, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyati, yog‘ va non mahsulotlarini me’yorida iste’mol qilish, tirnoqlar orqali qariyb 20 ga yaqin kasalliklarni aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritib, barcha uchun foydali va amaliy maslahatlar berdi.

Ta’kidlanganidek, sog‘lom turmush tarziga rioya etish davlat xizmatchilarining ish unumdorligini oshirish, stressga bardoshliligini kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Tadbir ishtirokchilarda sog‘lom hayot falsafasiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib, kundalik hayotda foydali odatlarni shakllantirishga turtki bo‘ldi.