Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya aralashuvi bilan fuqaroga homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.


Gurlan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Z.B ning tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inida harbiy hisob yurituvchi vazifasida ishlab kelib, homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullari to‘lanmasdan qolganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Gurlan tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Z.B ga homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 4 812 000 so‘m mablag‘lar o‘rganish kunga qadar to‘lanmasdan qolganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun to‘lanmasdan qolgan 4 812 000 so‘m mablag‘ni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, to‘lanmasdan turgan pul mablag‘ini undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.