Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Joriy yilning 22-yanvaridan 22-fevraliga qadar respublika bo‘ylab “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi o‘tkaziladi.


Huquqiy oylik doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

 ko‘chmas mulkka oid hujjatlari mavjud bo‘lsa-da, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ko‘maklashish;
 mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash, asossiz hisoblangan soliqlarni bekor qilish choralarini ko‘rish;
 auksion orqali sotib olingan yer uchastkalari bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni sudgacha hal etish;
 kadastr organlari tomonidan noqonuniy qo‘llanilgan jarimalarni bekor qilishga yordam berish;
 jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yerlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarini undirishga ko‘maklashish;
 mahallalarda ommaviy va sayyor qabullar tashkil etish;
 aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida videoroliklar, infografikalar, buklet va flayerlar tarqatish;
 ijtimoiy tarmoqlar va mahallalarda so‘rovnomalar o‘tkazish orqali mavjud muammolarni aniqlash.

 Adliya vazirligi barcha fuqarolarni huquqiy oylikda faol ishtirok etishga chorlaydi!