Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Xorazm viloyatidagi 13 tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar o'tkazildi.


Tadbirlar doirasida, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, norasmiy bandlik, qonuniy ish bilan band bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, tadbirlarda, odam savdosi, majburiy mehnat, firibgarlik jinoyati, kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari hamda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–214-son Farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi hamda 500 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.

Shuningdek, tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda  takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida nazarda tutilgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar berilib, jamoatchilik muhokamasida ishtirok etish muhimligi ta'kidlandi.

Hududlarda jami 8 ta sayyor qabullar tashkil etildi, 157 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi, 84 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 7 nafar fuqaroga protsessual hujjatlar rasmiylashtirib berildi.