Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi ta’minlandi.


Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Z.I ning tumandagi maktablarning birida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari bo‘lib ishlab, shtatlar qisqartirilishi munosabati bilan ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi, mahalliy mehnat organidan ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tib, biroq ish topib berilmaganligi sababli imtiyoz bilan yoshga doir pensiyaga chiqishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-iyundan ta’lim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatilib, shtat birliklari Mudofaa vazirligiga o‘tkazilishi va ushbu shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etilishi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan 2025-yil 31-may sanasidan Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga muvofiq fuqaro Z.I bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shundan so‘ng murojaat muallifi ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organiga tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda murojaat qilganligi, ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan paytida 59 yoshdaligi hamda umumiy mehnat staji yigirma besh yildan ortiq bo‘lganligi, biroq mahalliy mehnat organi tomonidan fuqaro Z.I.ning imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqi ta’minlanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Vaholanki, “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisida yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami: 588-son, 07.01.1999-yil)ga muvofiq texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining oʻzgarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin (qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiya tayinlanadi.

Mazkur holatlar yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro manfaatida muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqarish majburiyatini yuklash to‘g‘risida Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritilib, sudning hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi va fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.