Янгиликлар
15
Bilasizmi
Qonunchilikka ko'ra, xodimlarga ish haqi to'lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo'lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo'lishi mumkin emas. (https://lex.uz/docs/-6257288#-6263813)
Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko'p bo'lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo'lingan holda (bo'nakda va qolgan qismi miqdorida) to'lanadi.
Oylik olish vaqti kechiktirilsa kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to'lanishi kerak. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6265198)