Янгиликлар
14
Adliya xabari
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda muhokamalar ko`rinishida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilar ya’ni soha mutaxassislari tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyatiga to`xtalib o`tdilar.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqilib, ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilganligi, jamoatchilik muhokamasida mamlakatimizning har bir fuqarosi faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirish yuzasidan o`zlarini takliflari, fikr-mulohazalarini bildirishdi.