Янгиликлар
06
Adliya aralashgach
Bog‘ot tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro R.O. va boshqalar (jami 7 nafar fuqarolar)ning mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlagan davrlarida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida murojaat mualliflari 2025-yilning may oyigacha mahalla raisi lavozimida ishlab kelganliklari, ushbu davr mobaynida mehnat ta’tillaridan to‘liq foydalanamaganliklari, lavozimidan ozod qilingandan keyin foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lovlari O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro R.O. va boshqalar (jami 7 nafar fuqarolar)ga to‘lanmasdan qolgan 71 646 912 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan ushbu da’vo ariza qanoatlantirildi va fuqarolarning murojaati ijobiy hal etildi.