Янгиликлар
05
Fuqarolar uchun yangi imkoniyat
2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “Raqamli mahalla” yagona platformasi Adliya vazirligining smartoffice.adliya.uz axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
Ushbu yangi platforma orqali mahalla raislariga fuqarolarning murojaatlarini elektron tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli adliya organlariga yuborish imkoniyati yaratildi. Bu esa murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish, shaffoflikni oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.