Янгиликлар
23
Adliya xabari
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Urganch shahridagi 29-sonli maktabda o‘quvchi yoshlar bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, narkotik vositalarning inson organizmiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri, ularning ruhiy va jismoniy holatini izdan chiqarishi, shuningdek narkojinoyatlarning boshqa turdagi jinoyatlarga zamin yaratishi misollar asosida tushuntirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.